Bayden kimni AQSH xavfsizligiga eng katta tahdid deb bilishini ochiqladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Xitoyni AQSHning yaqin o‘n yillikdagi eng muhim raqobatchisi deb hisoblaydi. Bu haqda Oq uy kecha, 12 oktyabr kuni e’lon qilgan yangi milliy xavfsizlik strategiyasidan so‘z borgan.

Baydenning qayd etishicha, umuman olganda, tinchlik va barqarorlikka tahdid revizionistik tashqi siyosatning avtoritar boshqaruvini kuchaytiruvchi davlatlar tomonidan qo‘yiladi: o‘z fuqarolarini repressiya qilish va boshqa mamlakatlardagi demokratik jarayonlarga putur yetkazish, urushlarni boshlash yoki ularga tayyorgarlik ko‘rish. 

“Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida Yevropada tinchlik buzildi, butun sayyorada barqarorlik tahdid ostida”, deydi Bayden. 

Biroq, birinchi navbatda, u Xitoyga nisbatan ustunlikni saqlab qolishga harakat qiladi – shu bilan birga Rossiya agressiyasini to‘xtatadi.  

“Pekin Hind-Tinch okeani mintaqasida kengaytirilgan ta’sir doirasini yaratish va jahonning yetakchi davlatiga aylanish ambitsiyalariga ega”, deyiladi hujjatda. 

E’lon qilingan strategiyadan yana nima ma’lum bo‘ldi?

AQSH hukumati Eronni yadroviy qurolsizlantirish va mintaqaviy mojarolarni yumshatish uchun diplomatik ish olib borish niyatida. Bayden, shuningdek, Falastin-Isroil mojarosida ikki davlatning tinch-totuv yashash konsepsiyasiga sodiq qolgan holda Isroil va uning arab ittifoqchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga va’da beradi. 

Shu bilan birga, strategiyada bugungi kunning ayrim muammolari – iqlim o‘zgarishi, kasalliklar, ocharchilik borasida butun dunyoning birgalikdagi sa’y-harakatlarini talab qilishi ta’kidlangan. Qo‘shma Shtatlar bu kabi muammolarni hal qilish uchun barcha mamlakatlar va institutlarni jalb qiladi, shu bilan birga hamfikrlar bilan aloqalarni kuchaytiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

360

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing