Bayden xavotirda: dollar gegemonligi xavf ostida
Olam
−
05 Oktabr 2021
12841Agar AQSH Kongressi davlat qarzining chegarasini oshirmasa, bu dollarning jahon zaxira valyutasi maqomiga putur yetkazadi. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden ogohlantirdi.
"Bu AQSH G‘aznachilik qimmatli qog‘ozlari xavfsizligiga putur yetkazadi va jahon valyutasi sifatida dollarning zaxira maqomiga tahdid soladi. Amerikaning kredit reytingi pasayadi, ipoteka, avtokredit, kredit karta va umuman kreditlar uchun foiz stavkalari ko‘tariladi”, degan Bayden.
Avvalroq, Amerika Qo‘shma Shtatlarida qarz olishga qo‘yilgan cheklov muddati tugagani haqida xabar bergandik. Davlat qarzi chegarasi 22 trillion dollarga teng, AQSHning umumiy qarzi esa ayni paytda 28,5 trln dollarni tashkil qiladi. Bu degani, mamlakatning iqtisodiyoti defolt xavfi ostida turibdi.
Ma’lumot o‘rnida, AQSHning qarzi 2021 yil mart oyining oxirida – 28 trln dollarni, ya’ni yalpi ichki mahsulotning 101 foizini tashkil qildi va o‘sishda davom etmoqda. Ayni damda uning miqdori – 28,5 trln dollar. Bunday ulkan qarz AQSH tarixida faqat bir marotaba – Ikkinchi jahon urushidan so‘ng hosil bo‘lgan edi. 1946 yilda AQSH qarzi YAIMning 106 foizini tashkil qilgan.
LiveBarchasi