Bayden ilk bor “Katta yettilik” uchrashuvida qatnashadi

Olam

image

Bugun, 19 fevral kuni "Katta yettilik" (G7) davlatlari rahbarlarining videokonferensaloqa shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda Jo Bayden ilk bor AQSH Prezidenti sifatida ishtirok etadi. Bu haqda "Reuters" agentligi xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, tadbirda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash, vayron bo‘lgan global iqtisodiyotni tiklash va Xitoyning muammolariga qarshi turish rejalari muhokama qilinadi. 

Agentlikka ko‘ra, Amerika rahbari o‘z nutqida asosiy e’tiborni koronavirusga qarshi kurashga, shu jumladan infeksiyaga qarshi vaksinalar va ularni tarqatishga qaratadi. 

Baydendan tashqari, G7 yig‘ilishida ilk bor Italiyaning yangi Bosh vaziri Mario Dragi ham ishtirok etadi, uning Hukumati joriy yil 13 fevral kuni qasamyod qabul qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing