Bayden Germaniyaning yangi hukumatidan nimalar kutayotganini aytdi
Olam
−
11 dekabr 2021
3897Rasmiy Vashington Germaniyaning yangi hukumati bilan hamkorlikda ishlashni intizorlik bilan kutmoqda, jumladan, Rossiya va Ukraina o‘rtasida vaziyat yuzasidan ham. Bu haqda kecha, 10 dekabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Germaniyaning yangi kansleri Olaf Shols bilan birinchi telefon suhbati yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.
“Bugun men Germaniya kansleri Olaf Shols bilan suhbatlashdim va uni [kansler lavozimiga] tayinlangani bilan tabrikladim. Men global muammolarning butun spektrida, jumladan, Rossiyaning Ukraina bilan chegarada beqarorlashtiruvchi harbiy kuchayishiga javob berish uchun transatlantik sa’y-harakatlarni birgalikda ishlashni intiqlik bilan kutaman”, deya yozgan Bayden Twitter sahifasida.
Oq uy matbuot xizmatining xabar qilishicha, suhbat chog‘ida Bayden “AQSH va Germaniya o‘rtasidagi mustahkam munosabatlarni qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi”, shuningdek, transatlantik hamkorlikni yanada mustahkamlash istagini bildirdi. Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi vaziyatdan tashqari, Bayden va Shols "global muammolarning butun spektrini", jumladan pandemiyaga qarshi kurash, iqlim inqirozini yengib o‘tishni muhokama qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 dekabr kuni sotsial-demokrat Olaf Shols rasman Germaniyaning yangi kansleri bo‘ldi. Shu tariqa, Germaniyada 16 yil deganda ilk bor kansler o‘zgardi. 2005 yildan buyon mamlakatni Angela Merkel boshqarib kelayotgandi.
LiveBarchasi