Bayden G7 sammitida qirollik protokolini buzdi

Olam

AQSH Prezidenti Jo Bayden rafiqasi Jill bilan “katta yettilik” sammitiga Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II dan keyin keldi va shu tariqa qirollik protokolini buzdi.

Qoidaga ko‘ra, qirollik oilasi marosimga oxirgi kelib, birinchi ketishi kerak. Shu tariqa barcha mehmonlar qirolicha paydo bo‘lgunicha yig‘ilishi kerak.

Biroq Bayden juftligi Kornoulldagi ziyofatga Yelizaveta II, shahzoda Charlz, shahzoda Uilyam va ularning rafiqalari kelganidan bir necha daqiqa o‘tib, ko‘rinish berdi.

Shunga qaramay, Amerika rahbarining kechikishi Britaniya qirolichasi kayfiyatiga ta’sir qilmadi. U mehmonlar bilan, jumladan Bayden va uning turmush o‘rtog‘i bilan ham samimiy suhbatlashdi.

Avvalroq Britaniyada bo‘lib turgan Bayden delegatsiyasidan uzoqlashishi bilan adashib, hududdagi kafelardan biriga kirib qolgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot uchun, AQSH Prezidentining xorijga safari doirasida qator uchrashuvlar rejalashtirilgan. Bayden ushbu safar chog‘ida Buyuk Britaniyadan tashqari, Belgiya va Shveysariyada bo‘ladi. Ushbu mamlakatlarga tashrifi davomida u NATO hamda AQSH-YeI (Yevropa Ittifoqi) sammitlarida ishtirok etadi. Bundan tashqari, eng kutilgan uchrashuv — Bayden Shveysariyaning Jenevasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan yuzma-yuz uchrashadi. Ushbu uchrashuvga Jenevada qattiq tayyorgarlik ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Elizaveta II Jo Bayden

Baholaganlar

438

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing