Bayden G7 sammitida qatnashish uchun Yaponiyaga bordi
Olam
−
18 may 2023
4167Bugun, 18 may kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden 19-21 may kunlari Xirosimada bo‘lib o‘tadigan G7 sammitida ishtirok etish uchun Yaponiyaga bordi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.
Aytilishicha, bortida Amerika yetakchisi bo‘lgan samolyot Yamaguchi prefekturasidagi AQSH dengiz piyodalari korpusining Ivakuni havo stansiyasiga qo‘ngan.
Shundan so‘ng, uning Xirosimaga borishi kutilmoqda va u yerda bugun kechqurun Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Bayden Ikkinchi jahon urushining eng oxirida Amerika atom bombasiga uchragan Yaponiya shahriga tashrif buyurgan AQSHning amaldagi ikkinchi prezidenti bo‘ladi.
Undan oldin 2016 yilda Barak Obama Xirosimaga borgan edi. AQSHning sobiq prezidenti u yerda yadroviy zarbadan omon qolgan shahar aholisi bilan uchrashgan va Tinchlik muzeyiga tashrif buyurgandi. O‘shanda ham Yaponiya G7’ga raislik qilgan va Xirosimada assotsiatsiyaning Tashqi ishlar idoralari rahbarlarining yig‘ilishini o‘tkazgandi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan G7 sammiti chog‘ida Bayden AQSH tomonidan Yaponiyaning Xirosima shahri portlatilgani uchun uzr so‘ramoqchi emasligini aytgan edi.
LiveBarchasi