Bayden Xirosimadagi portlash uchun uzr so‘ramaydi – Jeyk Sallivan

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden “Katta yettilik” sammiti chog‘ida Yaponiyaning Xirosima shahri portlatilgani uchun uzr so‘ramoqchi emas. Bu haqda Amerika yetakchisining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan brifing chog‘ida ma’lum qildi.

Aytilishicha, Bayden uzr so‘ramasligi sababini “bu ikki tomonlama uchrashuv emas” deya izohlagan. Sallivanning ta’kidlashicha, G7 yetakchilari tarixga va Xirosimada tug‘ilgan Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisidaga hurmat bajo keltirish uchun kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiya hukumati G7 sammiti ishtirokchilarining Xirosima va Nagasaki shaharlaridagi Amerika atom bombalaridan omon qolgan yaponiyaliklar bilan uchrashuvini o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgandi. 

Uchrashuv joriy yilning 19-21 may kunlari Xirosimada bo‘ladigan G7 sammiti doirasida davlat rahbarlarining Xirosimadagi portlash oqibatlariga bag‘ishlangan Tinchlik muzeyiga tashrifi chog‘ida tashkillashtirilishi mumkin.

Xirosimadagi fojia

1945 yil 6 avgustda Xirosimada Amerika atom bombasining portlashi oqibatida 70 mingdan 100 minggacha odam bir zumda halok bo‘lgan, ko‘plab tirik qolganlar keyinchalik radiatsiya kasalligi va bombardimonning boshqa oqibatlaridan vafot etgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xirosimada atom hujumi qurbonlarining umumiy soni 308 ming kishidan oshdi. Nagasaki 1945 yil 9 avgustda AQSH tomonidan bombardimon qilingan. Portlash paytida uning 70 mingga yaqin aholisi halok bo‘lgan, shahar yer yuzidan supirilib tashlangan. Ushbu fojia qurbonlari soni 175 ming kishidan oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing