Bayden G20 da Rossiyani qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlarni o‘ziga og‘dirmoqchi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Nyu-Dehlidagi G20 sammitida Xitoy rahbari Si Szinpin va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning yo‘qligidan foydalanib, Braziliya, Hindiston, Indoneziya va Janubiy Afrika davlatlari bilan yaqinlashish niyatida. Bu haqda “Bloomberg” agentligi xabar berdi.

Aytilishicha, Bayden “Xitoy bilan yaqinroq aloqalar o‘rnatishga intilayotgan” va Ukrainadagi mojaro bo‘yicha neytral pozitsiyani egallagan davlatlarga AQSH pozitsiyasini taqdim etish niyatida. Bunday davlatlar qatoriga Braziliya, Indoneziya va Janubiy Afrika kiradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Jahon banki tomonidan moliyalashtirishni kengaytirish ham sammitda asosiy masala bo‘ladi. Shuningdek, tadbirlar doirasida Bayden Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan ham uchrashib, u bilan neft qazib olishni ko‘paytirish hamda Saudiya Arabistoni va Isroil o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni potensial normallashtirish masalalarini muhokama qiladi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 9-10 sentyabr kunlari Nyu-Dehlidagi G20 sammiti o‘tkaziladi. Unga G20 a’zoligiga kiruvchi barcha mamlakatlar va yana to‘qqizta davlat (Bangladesh, Misr, Ispaniya, Mavrikiy, Nigeriya, Niderlandiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon va Singapur) rahbarlari taklif etilgan. Biroq Rossiya va Xitoy yetakchilari Vladimir Putin va Si Szinpin sammitda qatnashmasligini ma’lum qilgan. Ularning o‘rniga Rossiya Federatsiyasidan Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Xitoy delegatsiyasiga esa Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan boshchilik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya G20 Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing