Bayden Facebook’dan Trampga qarshi chora ko‘rishga chaqirdi

Olam

image

Demokratik partiyadan Prezidentlikka nomzod Jo Bayden Facebook ijtimoiy tarmog‘iga Donald Trampga qarshi choralar qo‘llashni talab qildi. Ammo ijtimoiy tarmoq so‘z erkinligini himoya qiladi, degan javobni oldi.

"Men sizlardan barchaga, shu jumladan, Donald Trampga nisbatan aniq qoidalarni ishlab chiqishingizni va tahdidli xatti-harakatlar hamda noto‘g‘ri ma’lumotlarning tarqalishini taqiqlashni taklif qilaman", deyilgan Bayden tomonidan e’lon qilingan petitsiyada.

"Facebook Donald Tramp istagan gapni aytishga va pul to‘lashga ruxsat berishda davom etmoqda (reklama uchun - tahr). Uning yovvoyi bayonotlari millionlab saylovchilarga yetib bormoqda... Tramp va uning ittifoqchilari Facebook orqali noto‘g‘ri ma’lumot tarqatish, bizning ovozlarimizni obro‘sizlantirishga harakat qilmoqda”, deyiladi petitsiyada.

Bunga javoban ijtimoiy tarmoq AQSHda qoidalar shtatning demokratik yo‘l bilan saylangan vakillari tomonidan o‘rnatilishini ma’lum qildi. Facebook Trampning ham tarmoq haqida shikoyatlari borligini eslatib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

54

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing