Bayden DXR va LXRga qarshi sanksiya joriy qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya tomonidan o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini (DXR va LXR) tan olinishi munosabati bilan ayrim shaxslarning mulkini bloklash va ayrim operatsiyalarni taqiqlovchi farmon qabul qildi. Farmon Oq uy saytida e’lon qilingan.

“Rossiya Federatsiyasi tomonidan Ukraina hududi hisoblanuvchi “Donetsk xalq respublikasi” (DXR) yoki Lugansk xalq respublikasi (LXR) ning tan olinishi Rossiyaning Minsk kelishuvlari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlariga zid bo‘lib, tinchlik, barqarorlik, suverenitet va hududiy yaxlitlikka tahdid soladi. Va shu tariqa AQSHning milliy xavfsizligi va tashqi siyosatiga noodatiy va favqulodda tahdidni ifodalaydi”, deyiladi farmonda.

Farmon DXR va LXRga sarmoya kiritishni, shuningdek, ushbu mintaqalardan har qanday tovarlar, xizmatlar yoki texnologiyalarni Qo‘shma Shtatlarga import qilishni taqiqlaydi.

Bundan tashqari, ushbu farmon o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan respublikalarda harakat qilishga qaror qilgan har qanday shaxsga nisbatan jazo choralarini qo‘llash imkonini beradi.

Qo‘shma Shtatlarda joylashgan yoki keyinchalik AQSHga kiradigan, DXR va LXR bilan bog‘liq shaxslarga tegishli bo‘lgan barcha mulk va mulkdagi ulushlar bloklanadi.

Avvalroq Rossiya Prezidenti DXR va LXR mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi farmonlarni imzolagani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

832

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing