Bayden birinchi marta Isroil orqali Saudiya Arabistoniga keldi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden bugun, 15 iyul kuni Isroildan Saudiya Arabistoniga ilk rasmiy tashrif bilan keldi. Bu haqda “Al Arabiya” telekanali xabar berdi. 

AQSH prezidentini Jidda aeroportida Makka amiri Xolid al-Faysal kutib olgan. 

Bayden va qirol Salmon bin Abdulaziz Ol Saud Jiddadagi Tinchlik saroyida uchrashgan. Shuningdek, Oq uy rahbari va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, Baydenning monarx bilan uchrashuvida valiahd shahzodaning ishtirok etishi ham istisno qilinmaydi. 

Mintaqaviy va xalqaro tahlilchilarning fikricha, Baydenning qirollikka tashrifi Vashingtonning Ar-Riyod bilan yaxshi munosabatlarni tiklash va yo‘qolgan muvozanatni qaytarish istagini bildiradi. 

Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning barcha jihatlari ko‘rib chiqiladi, mintaqa va dunyo oldida turgan muammolarga qarshi kurashish yo‘llari muhokama qilinadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

359

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing