Bayden arzandasining sudida guvoh sifatida ishtirok etishi mumkin

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden o‘g‘li Hanter Baydenga qarshi sud jarayoni qo‘zg‘atilgan taqdirda himoyaning asosiy guvohi bo‘ladi. Bu haqda “Politico” nashri xabar berdi.
 

“Prezident Bayden endi, shubhasiz, har qanday jinoiy sudda himoya guvohi bo‘ladi”, deydi Baydenni advokati Kristofer Klark.

Ma’lumot uchun, Hanter Bayden soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda, shuningdek, noqonuniy qurol saqlashda ayblangan.

Avvaliga AQSH Prezidentining o‘g‘li o‘z aybiga iqror bo‘lib, tergov bilan kelishuvga erishgan, biroq keyinroq u so‘zidan qaytgan.

So‘nggi paytlarda ishda yangi holatlar yuzaga keldi, unga ko‘ra, Hanter Bayden otasi vitse-prezident bo‘lib ishlagan bir paytda xorijlik – rossiyalik, qozog‘istonlik hamda ukrainalik tadbirkorlardan pul olgani aniqlangandi.

Bundan tashqari, shu yilning may oyida AQSH Kongressi Baydenlar oilasi Xitoydan va boshqa xorijiy manbalardan o‘n million dollardan ortiq mablag‘ olgani, pulning bir qismi Hanter Baydenning hisob raqamiga o‘tkazib berilganini xabar qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden Hanter Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing