Bayden AQSHning Suriyaga hujumidan keyin Eronni ogohlantirdi
Olam
−
27 fevral 2021
14299AQSH Prezidenti Jo Bayden Suriyaga havo zarbasidan keyin Eronga ehtiyot bo‘lishni maslahat berdi.
“Siz jazosiz harakatlana olmaysiz. Ehtiyot bo‘ling”, degan u Tehronga signal berib.
Eslatib o‘tamiz, 26 fevral kuni Pentagon AQSH harbiy-havo kuchlari Suriya-Iroq chegarasidagi eronparast harbiylashgan guruhlar “Kataib Hizbullo”, “Kataib Sayyid ash-Shuxada”ning ob’ektlariga zarba berganini ma’lum qildi.
Mudofaa idorasi bu Eronning Amerika va koalitsiyaga qilgan hujumi uchun javob ekanini ma’lum qildi.
AQSH Suriyaga Iroq razvedkasi ma’lumotiga tayanib zarba berdi va ularning aniqligiga shubha qilmayapti.
LiveBarchasi