Bayden AQSHda prezidentlik saylovlari tarixiga kirdi

Olam

image

AQSH prezidentligiga Demokratlar partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Jo Bayden mamlakat tarixidagi prezidentlik saylovlarida 80 milliondan ortiq ovoz to‘plagan birinchi nomzod bo‘ldi. Bu haqida “NBC News” xabar bermoqda.

Ba’zi shtatlarda ovozlarni hisoblash hali ham davom etmoqda, ammo telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, shu kungacha demokrat Bayden 80 million 20 ming 851 ta ovoz olgan. Amaldagi Prezident Donald Trampni esa 73 million 886 321 amerikalik qo‘llab-quvvatladi.

Shuningdek, “Fox News” ham Bayden 80 milliondan ortiq ovoz olganini xabar qilmoqda.  Telekanal hisob-kitoblariga ko‘ra, Demokrat 80 million 24 ming 655, Tramp esa 73 million 885 347 ta ovoz oldi. Baydenga berilgan ovozlarning rekord soni ham saylovchilar faolligi oshgani, ham aholi soni va saylovchilar sonining ko‘payganini aks ettiradi.

Joriy yilning 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlardan bir kun o‘tib, Bayden ommaviy ovozlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatgani ma’lum bo‘ldi. O‘sha paytda demokrat 70 milliondan sal ko‘proq ovozga ega edi. Shunday qilib, Bayden 2008 yilda Barak Obamaning o‘rnatgan rekordini yangiladi (69 million 498 516 ovoz).

Shuningdek, Tramp ham mag‘lub nomzod sifatida Amerika saylovchilarining 70 milliondan ortiq ovozini olgan rekordchiga aylandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, saylovlarda ishtirok etish bo‘yicha ham rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Ushbu ko‘rsatkich taxminan 65 foizni tashkil etdi, bu esa 1908 yildan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp hokimiyatni topshirish jarayonini boshlashga ko‘rsatma bergandi.

Keyinroq amerikaliklarning deyarli yarmi Tramp 2024 yildagi prezidentlik saylovlarida ham nomzodini ilgari suradi degan fikrda ekani ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing