Bayden AQSH uchun eng katta xavf nima ekanligini aytdi
Olam
−
26 Oktabr 2020
9896Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jozef Bayden AQSH uchun Rossiyani eng katta xavf, Xitoyni esa asosiy raqib deb bilishini aytdi. Bu haqda CBC News xabar bermoqda.
"Menimcha, hozirgi paytda bizning xavfsizligimizga va ittifoqdoshlarimizga putur yetkazadigan eng katta tahlika Rossiyadir", dedi Bayden.
So‘ngra Bayden Xitoy AQSH uchun eng katta raqobatchi, degan fikrni bildirdi.
Avvalroq, prezident Donald Tramp va Bayden o‘rtasida so‘nggi teledebat bo‘lib o‘tgan edi. CNN so‘roviga ko‘ra, demokrat nomzod amaldagi davlat rahbari bilan teledebatlarning so‘nggi bosqichida g‘olib chiqqan.
AQSHda saylovlar joriy yilning 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda prezident, 13 shtat gubernatorlari, Vakillar Palatasining barcha a’zolari va Kongress Senatining uchdan biri saylanadi.
LiveBarchasi