Bayden Afg‘onistondan AQSHning barcha qo‘shinlarini olib chiqmoqchi
Olam
−
14 aprel 2021
5449AQSH Prezidenti Jozef Bayden joriy yilning sentyabrigacha AQSHning barcha qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqmoqchi. Bu haqda “The Washington Post” gazetasi o‘z manbalariga asoslanib xabar berdi.
“Biz sentyabr oyigacha qo‘shinlarimizni to‘liq olib chiqish niyatidamiz”, deydi gazeta manbasi.
Xabarga ko‘ra, tez orada Amerika qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish bo‘yicha o‘z qarorini e’lon qiladi.
Ma’lumot uchun, 2020 yil fevral oyi oxirida AQSH va “Tolibon” tinchlik shartnomasini imzoladi. Kelishuvlarga ko‘ra, Amerika qo‘shinlari shartnoma tuzilganidan 14 oy o‘tgach, aniqrog‘i 2021 yilning mayigacha Afg‘onistonni tark etishi kerak edi.
Biroq, joriy yil yanvar oyida AQSHning yangi Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati “Tolibon” bilan tuzilgan shartnomani qayta ko‘rib chiqish niyatida ekanini e’lon qildi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr