Bayden 59 ta Xitoy kompaniyasini “qora ro‘yxat”ga kiritdi 

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden oltmishga yaqin Xitoy kompaniyalariga Vashingtonning sarmoya kiritishini taqiqlovchi farmonni imzoladi. Oq uy ularni AQSH xavfsizligiga putur yetkazmoqda, deb hisoblaydi. 

“Ushbu ijro buyrug‘i AQSHga Amerika va bizning ittifoqchilarimiz xavfsizligi yoki demokratik qadriyatlarini buzadigan Xitoy kompaniyalariga sarmoya kiritishni taqiqlash imkonini beradi”, deyilgan hujjatda. 

Taqiq joriy yilning 2 avgustidan kuchga kiradi. 

Ta’kidlanishicha, “qora ro‘yxat”ga 59 ta Xitoy kompaniyasi kiritilgan. Ular orasida dunyodagi eng yirik telekommunikatsion kompaniyalardan biri Huawei Technologies Co., Ltd, mikroelektronika ishlab chiqaruvchi Semiconductor Manufacturing International Corporation (SMIC), aviatexnika ishlab chiqaruvchi Aviation Industry Corporation of China (AVIC), shuningdek, China Mobile Communications Group Co., Ltd., China Telecommunications Corporation, China United Network Communications Group Co., Ltd., China Railway Construction Corporation (CRCC) va boshqalar bor. 

Qayd etilishicha, ushbu farmon “amerikalik har qanday shaxsga birjada sotiladigan har qanday qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki sotib olishda ishtirok etishni taqiqlaydi”. 

Ta’kidlanishicha, ushbu ijro buyrug‘i AQSH sarmoyasining Xitoy mudofaa sohasini qo‘llab-quvvatlashiga to‘sqinlik qiladi. 

Oq uyga ko‘ra, ushbu farmon "XXR harbiy-sanoat kompleksi tahdidi bilan bog‘liq holda 2020 yil 12 noyabrda e’lon qilingan favqulodda vaziyatda qo‘shimcha chora-tadbirlarni” osonlashtirishga qaratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing