Bayden 2500 ga yaqin mahkumlarning hukmini yengillashtirdi
Olam
−
17 yanvar
715Bugun, 17 yanvar kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun sudlangan 2500 ga yaqin mahkumlarning jazolarini yengillashtirdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Baydenning so‘nggi qarori AQSH prezidentlari tomonidan chiqarilgan individual afv etish va yengillashtirish bo‘yicha rekord natijani o‘rnatgan. Qolaversa, Bayden qolgan qisqa muddatli prezidentligida ham afv qarorlarini ko‘rib chiqishga va’da bergan.
“Kongress tan olganidek, hukmlardagi bu farqlarni tenglashtirish vaqti keldi. Ushbu harakat tarixiy xatolarni tuzatish va munosib shaxslarga o‘z oilalariga qaytish imkoniyatini berish yo‘lidagi muhim qadamdir”, degan AQSH rahbari.
Ushbu qaror Bayden AQSH prezidentligi lavozimini tark etishiga bir necha kun qolganida qabul qilinmoqda. 20 yanvar kuni AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 23 dekabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden 37 nafar shaxsning federal o‘lim jazosi hukmlarini boshqa jazoga almashtirganini e’lon qilgandi. Undan oldinroq esa Bayden mamlakatning zamonaviy tarixidagi eng katta kechirishni amalga oshirgandi. Trampning inauguratsiyasidan oldin u taxminan 1500 amerikalikning jazosini yengillashtirib, 39 mahkumni qamoqdan ozod qilgandi.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar