Bayden 2024 yilgi saylovda qatnashish shartini aytdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Oq uy rahbari Jo Bayden 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovida o‘zidan avvalgi Prezident — respublikachi Donald Trampga qarshi kurashishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda u ABC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.  

“Agar men hozirgidek sog‘lom bo‘lsam, yana nomzodimni qo‘yaman”, degan u. 

Ma’lumot o‘rnida, AQSHda prezidentlik saylovi 2020 yil 3 noyabrda bo‘lib o‘tdi. Saylovchilar kollegiyasi 14 dekabr kuni ovoz berish natijalarini tasdiqladi, unga ko‘ra demokrat Bayden g‘alaba qozondi. Uning inauguratsiyasi 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Tramp uzoq vaqt davomida mag‘lubiyatini tan olmadi va bir qator shtatlarda
byulettenlarni qayta sanab chiqish talabi bilan sudga murojaat qildi. 

AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovi 2024 yil 5 noyabrga belgilangan. Bu mamlakat tarixidagi 60-prezidentlik saylovi bo‘lib, unda AQSHning 47-prezidenti saylanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh saylov Bayden

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing