Bavariyada toshqinlar tufayli favqulodda holat joriy etildi 

Olam

image

Germaniyadagi Yuqori Bavariya ma’muriy okrugida kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan toshqinlar va ko‘chkilar tufayli favqulodda holat joriy etildi. Bu haqda Bavariya jamoat teleradiokompaniyasi br.de xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlar Bavariyaning janubi-sharqiy qismida joylashgan Berxtesgaden va Bishofsvizen shaharchalari. Qayd etilishicha, ba’zi uylar ko‘chki oqibatlaridan tozalab bo‘lingan. 

Bundan tashqari, toshqin Germaniya va Chexiya chegarasidagi Saksoniya Shveysariyasini ham qamrab olgan. Temir yo‘l xizmati va alohida aholi punktlari faoliyati to‘xtatilgan. Germaniya rasmiylarining fikriga ko‘ra, vaziyat “keskin, ammo uni boshqarish mumkin”. 

Ma’lumot o‘rnida, G‘arbiy Yevropada so‘nggi 20 yil ichidagi eng katta toshqin sodir bo‘ldi. Germaniyadan tashqari, Belgiya va Niderlandiya ham zarar ko‘rgan. Shveysariya, Fransiya va Buyuk Britaniyada kuchli yomg‘irlar davom etmoqda. 

Avvalroq, Belgiyada toshqin qurbonlari soni ortayotgani, aholi elektr va suvsiz qolgani haqida xabar bergandik. Germaniyada toshqin qurbonlari soni 156 kishiga yetgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya toshqin

Baholaganlar

59

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing