“Bavariya” YeCHLdagi rekordini yangiladi

Sport

image

"Bavariya" Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi o‘zining g‘alabali seriyasini davom ettirdi. Guruh bosqichining 5-turida myunxenliklar safarda "Barselona"dan ustun keldi (3:0).

Bu "Bavariya"ning guruhdagi qatorasiga 12-g‘alabasi bo‘ldi. Jamoa 2020 yil 1 dekabrdan buyon guruh bosqichi o‘yinlarida muvaffaqiyat qozonib kelmoqda.

2021 yilda "Bavariya" guruhdagi 6 uchrashuvning barchasida zafar quchgan bo‘lsa, turnirning joriy mavsumida Yulian Nagelsmann shogirdlari allaqachon qatorasiga 5 ta g‘alabani rasmiylashtirishga ulgurishdi.

"Bavariya" keyingi uchrashuvini 1 noyabr kuni o‘z maydonida "Inter"ga qarshi o‘tkazadi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

EChL Bavariya

Baholaganlar

23

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing