“Bavariya”  YeCHLda “Real”ning rekordini yangiladi

Sport

image

Kecha, 4 oktyabr kuni “Bavariya” Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turi doirasida Chexiyaning "Viktoriya Plzen" jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etib, guruh bosqichidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 31 o‘yinga yetkazdi va musobaqa rekordini yangiladi.

O‘yindagi gollarga Leroy Sane (7 va 51-daqiqalar), Serj Gnabri (13), Sadio Mane (21) va Erik Chupo-Moting (59) mualliflik qilishdi.

Hozirgacha YeCHLdagi eng yaxshi natija “Real Madrid”ga tegishli edi. “Qirollik klubi” 2012-2017 yillar oralig‘ida 30 ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandi.

“S”  guruhida “Bavariya”  uchta o‘yinda ham g‘alaba qozondi, Chexiya klubi esa ketma-ket uch turda ham mag‘lub bo‘ldi. Guruhdan shuningdek, Ispaniyaning “Barselona” va Italiyaning “Inter”  klublari ham joy olishgan.

Keyingi turda “Bavariya”  12 oktyabr kuni “Viktoriya”  bilan mehmonda o‘ynaydi, shu kuni “Barselona”  “Inter” ni qabul qiladi.

Shahzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

124

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing