“Bavariya” o‘z tarixidagi sharmandali natijalardan birini qayd etdi

Sport

image

24 oktyabrga o‘tar kechasi Ispaniyaning “Barselona” klubi Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-turi doirasidagi o‘yinda “Bavariya”ni qabul qildi va raqibni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

“Bavariya” uchun bu mag‘lubiyat Yevropa Chempionlar ligasidagi ketma-ket uchinchi mehmondagi mag‘lubiyat bo‘ldi. So‘nggi turda myunxenliklar mehmonda “Aston Villa”dan mag‘lub bo‘lgan (0:1), o‘tgan yilgi yarim finalda Madridda “Real”ga imkoniyatni boy bergandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Bavariya” o‘z tarixida birinchi marta YeCHLning safardagi ketma-ket uchta o‘yinida mag‘lub bo‘ldi. Hozirda 3 ta o‘yindan keyin myunxenliklar 3 ochko bilan turnir jadvalida 23-o‘rinda qayd etilgan. “Barselona” esa 6 ochko bilan 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Evropa Chempionlar ligasi Bavariya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made