“Bavariya”ning sobiq futbolchisi Fayzullayevni maqtadi

Sport

image

“Bavariya”ning sobiq hujumchisi Ivitsa Olich Myunxen klubi SSKAning o‘zbekistonlik hujumkor yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevga qiziqish bildirayotgani haqidagi ma’lumotga izoh berdi. 

“Bavariya”ning Fayzullayevga qiziqishi haqida hozircha hech narsa bilmayman. Agar myunxenliklar uni kuzatib borayotgan bo‘lsa, bu uning darajasidan dalolat beradi, lekin Fayzullayev nafaqat bir nechta individual o‘yinlarda, balki butun mavsumda o‘zini ko‘rsatishi muhim. Abbosbekda yaxshi xislatlar borligi ko‘zga tashlanmoqda”, deydi Olich.

20 yoshli Fayzullayev 2023 yilning yozida SSKA futbolchisiga aylangandi. Futbolchi “armiyachilar” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Joriy mavsumda Moskva klubi RPL turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi.

Shuningdek, Fayzullayev O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 14 o‘yinda 4 ta gol urdi va terma jamoa bilan birgalikda 2024 yilgi Osiyo Kubogi chorak finaliga qadar yetib bordi.


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya TsSKA Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing