“Bavariya”ning qiziqishi qay darajada rost? Fayzullayevning agenti javob berdi
Sport
−
07 fevral
18590O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayevning agenti Qahhor Mo‘minov mijoziga Germaniyaning “Bavariya” klubidan qiziqish bildirilayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Mo‘minov “Championat.com”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Albatta, ko‘plab klublarning skautlari Abbosni kuzatib bormoqda va ko‘pchilik unga qiziqish bildirmoqda, ammo “Bavariya”ning qiziqishi haqida hech narsa bilmaymiz. Hozir asosiysi e’tibor Abbosning biroz dam olishi va mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun SSKAga qo‘shilishiga qaratilgan”, deydi Mo‘minov.
Joriy mavsumda 20 yoshli Abbosbek Fayzullayev SSKA safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi. “Transfermarkt” portali futbolchining narxini 4 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abbosbek Fayzullayevning o‘yinlarini Myunxen klubi skautlari kuzatib borayotgani xabar qilingandi.
Qayd etilichicha, “Bavariya” vakillari futbolchini O‘zbekiston U-23 terma jamoasidagi o‘yinlarini ham katta qiziqish bilan tomosha qilgan.