“Bavariya”ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi

Sport

image

Germaniya terma jamoasida o‘ynashni tanlagan “Bavariya”ning serbiyalik yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovich jamoada fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 19 yoshli yarim himoyachi ovoz berish jarayonlarida germaniyalik yarim himoyachi Jamol Musiala va angliyalik hujumchi Harri Keynni ortda qoldirgan. Fevral oyida 19 yoshli yarim himoyachi Germaniya chempionatining uchta o‘yinida qatnashib, 1 ta gol urdi. Yarim himoyachi Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 finalida “Latsio” bilan o‘yinda (3:0) ham 90 daqiqa harakat qildi.

Qayd etish joiz, bu yarim himoyachi uchun “Bavariya”dagi qatorasiga ikkinchi sovrindir. Serbiyalik futbolchidan oldin hujumchi Harri Keyn ketma-ket uch oy davomida “Bavariya”ning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

Joriy mavsumda 19 yoshli himoyachi klub safida barcha turnirlarda 17 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va xuddi shuncha golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 2 million yevroni tashkil etadi. Futbolchi Myunxen klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U murabbiy Tomas Tuxel qo‘l ostida “Bavariya”ning asosiy jamoasi futbolchisiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Aleksandr Pavlovich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing