“Bavariya”ning barcha futbolchilari karantinga olinishi mumkin 

Sport

image

Myunxenning "Bavariya" klubi "Latsio"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi o‘yindan oldin karantinga olinishi mumkin. Bu haqda "Sportschau" xabar bermoqda. 

Manbaga ko‘ra, "Bavariya"da koronavirus bilan bog‘liq bir nechta holatlar aniqlangani tufayli shunday qaror qabul qilinishi mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida, klubda Leon Goretska, Xavi Martines, Benjamen Pavar va Tomas Myullerlarda koronavirus aniqlangandi. 

Myunxen sog‘liqni saqlash idoralari klubni karantinga olish bo‘yicha to‘liq vakolatga ega ekanligini ma’lum qilgan. 

Ayni paytda shifokorlar klubda to‘liq tekshiruv o‘tkazmoqda. 

Ma’lumot uchun, bugun, 20 fevral kuni "Bavariya" Bundesliga doirasida "Ayntraxt"ga qarshi maydonga tushishi kerak. 

23 fevral kuni esa Xansi Flik shogirdlari Chempionlar Ligasining nimchorak finali doirasida "Latsio"ga qarshi o‘ynaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya karantin

Baholaganlar

110

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing