“Bavariya” Xabini eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyga aylantirmoqchi
Sport
−
26 fevral
2304Myunxenning “Bavariya” klubi Xabi Alonsoni bosh murabbiylikka olib kelish uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor. Bu haqda “The Mirror” xabar berdi.
42 yoshli ispaniyalik mutaxassis joriy mavsumda Leverkuzenning “Bayer” klubida ajoyib natija ko‘rsatmoqda va mavsum oxirida “Bavariya” ham, “Liverpul” ham murabbiysiz qoladi, chunki Tomas Tuxel va Yurgen Klopp jamoani tark etishlarini allaqachon e’lon qilgan.
Agar Alonso Myunxen klubini boshqarishga rozi bo‘lsa, “Bavariya” unga yiliga 20 million funt sterling (23,4 million yevro) taklif qilishga tayyor. Bu Alonsoni Bundesliga tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyga aylantiradi va unga Angliya Premer-ligasidagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiy Pep Gvardiola kabi maosh olish imkonini beradi.
Ma’lumot uchun, “Bayer” Xabi Alonso boshchiligida ayni damda Bundesliga turnir jadvalida “Bavariya”dan 8 ochko oldinlab, peshqadamlik qilmoqda. Chempionat yakunlanishiga esa 11 ta o‘yin qoldi.