“Bavariya” Levandovskini qanchaga sotmoqchiligi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

“Bavariya” klubi hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini Ispaniya yoki Fransiyada davom ettirishi mumkin. Unga PSJ va “Barselona” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Sport Bild” nashri xabar berdi.

Shu oyda "Bavariya" hujumchining agenti Pini Zaxavi bilan muzokaralar olib boradi. Levandovskining keyingi faoliyati qanday bo‘lishi ushbu muzokaralar natijasiga bog‘liq. Robertning o‘zi “Barselona”ga ko‘chib o‘tish variantiga qiziqib qolgani ma’lum.

Shuningdek, myunxenliklar joriy yilning yozida polshalik hujumchini sotib yuborishi mumkinligini istisno etmayapti. “Bavariya” Levandovskining transferidan kamida 40 million yevro ishlab olmoqchi. Polyakning agenti Zaxavi "Barselona" va PSJ bu summani to‘lashga tayyorligiga ishonch bildiryapti.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Robert Levandovski “Bavariya” safida 42 ta uchrashuvda maydon tushib, 47 ta gol urdi va 6 ta goli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali 33 yoshli futbolchini 50 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing