“Bavariya” ketma-ket sakkizinchi bor Germaniya chempioni bo‘ldi

Sport

image

“Bavariya” futbol bo‘yicha Germaniya chempioni bo‘ldi. Klub “Verder” jamoasini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va Bundesliga turnir jadvalida unga yetib bo‘lmaydigan ochko to‘pladi. Myunxen shahri jamoasi ketma-ket sakkizinchi marta va tarixda 30 marta mamlakat chempioni bo‘ldi.

"Bu ketma-ket sakkizinchi g‘alaba, albatta, juda o‘ziga xosdir. Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan holatlar ko‘plab jarayonlarni aralashtirib yubordi va bizga yangi, oldindan aytib bo‘lmaydigan muammolarni keltirib chiqardi", dedi Bavariya prezidenti Xerbert Xayner. Uning so‘zlari futbol klubi saytida keltirildi.

“Bavariya” 76 ochko to‘pladi. Klub Bundesligada yana uchta o‘yinni o‘tkazishi kerak. Germaniya chempionatida ikkinchi o‘rinda - 66 ochko bilan Dortmundning “Borussiya” jamoasi bormoqda.

Avvalroq, Turinning “Yuventus” klubi Italiya kubogi finaliga chiqish bo‘yicha rekordini yangilagani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

"Bavariya"

Baholaganlar

31

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing