“Bavariya” futbolchisi jamoani tark etishi aniq bo‘ldi

Sport

image

“Bavariya” klubining 26 yoshli himoyachisi Niklas Zyule yillik maoshi oshirilgan shartnomani imzolashdan bosh tordi. Bu haqda “Bild” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Zyulening “Bavariya”ni tark etishi allaqachon hal qilingan. Futbolchiga 10 million yevro miqdoridagi yillik maosh va yangi shartnoma taklif qilingan. Himoyachi esa bir necha hafta mobaynida joriy yil yozda o‘z yakuniga yetadigan amaldagi shartnomasini uzaytirmoqchi emasligini ta’kidlab kelmoqda.

Shu tariqa Zyule so‘nggi mavsumlarda klubni erkin agent sifatida tark etgan David Alaba, Jerom Boateng va Xavi Martines kabi futbolchilar qatoriga qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, Niklas 2017 yilda “Xoffenxaym”dan “Bavariya”ga ko‘chib o‘tgan edi. Joriy mavsumda germaniyalik himoyachi Bundesliganing 18 ta uchrashuvida qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Zyule

Baholaganlar

21

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing