“Bavariya” eng qaltis vaziyatda jamoaviy mashg‘ulotlarga kirishdi
Sport
−
06 aprel 2020
4515Koronavirus pandemiyasi dunyo bo‘ylab keng tarqalgani bois barcha futbol uchrashuvlari noma’lum muddatga qoldirilgan edi. Butun dunyoda karantin joriy etilganidan so‘ng, barcha futbol klublari jamoaviy mashg‘ulotlarni to‘xtatdi. Dunyo bo‘ylab qaltis vaziyat bo‘layotganiga qaramay, Myunxenning "Bavariya" klubi jamoaviy mashg‘ulotlarga kirishdi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilda "Bavariya" klubi Germaniya chempionatida 25 uchrashuv o‘tkazib, 55 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda koronavirus yuqtirib olgan insonlar soni 1 274 589 nafarni tashkil etadi. 69 488 odam ushbu kasallik qurboni bo‘ldi. 264 840 nafar inson koronavirusdan butkul sog‘ayib ketgan.
Germaniyada koronavirusga chalinganlar 100 338 kishini tashkil etmoqda. Ushbu infeksiya orqali vafot etganlar 1602 kishiga yetdi. 28 700 nafar inson koronavirus pandemiyasidan butunlay sog‘ayib ketgan.