“Bavariya” bosh murabbiyi mashg‘ulot vaqtida hushini yo‘qotdi
Sport
−
10:02 556 1 daqiqa
Germaniyaning “Bavariya” jamoasi bosh murabbiyi Vinsent Kompani jamoa mashg‘ulotlari vaqtida xushini yo‘qotdi va shundan so‘ng shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “Bild” nashrining xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 40 yoshli mutaxassis shifoxonaga tez yordam mashinasida olib ketilgan. Kompani shifoxonaga yotqizilishidan biroz oldin esa “Bavariya”ning mashg‘ulot maydoniga tibbiy vertolyot qo‘ngan.
“Sky Sport” ma’lumotiga ko‘ra, belgiyalik murabbiy mashg‘ulotdan keyin hushini yo‘qotgan. “Bavariya” sport direktori Maks Eberlning ma’lum qilishicha, Kompani infeksiya yuqtirib olgan. Bu holat uning son qismidagi jarohati bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan. Shu sababli, mutaxassisga hatto zinadan ko‘tarilishda ham yordam kerak bo‘lgan.
Kasalligi tufayli Kompani joriy yilning 20 oktyabr kuni Londonning “Arsenal” klubiga qarshi Chempionlar ligasi o‘yini (2:2) oldidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan matbuot anjumanida ishtirok etmagan.
Live
Barchasi23 Oktyabr