“Bavariya” “Barsa”ning YeCHLdagi rekordini yangiladi 

Sport

image

Myunxenning "Bavariya" klubi Chempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvida Rimning "Latsio" klubini mag‘lub etdi. 

Uchrashuv amaldagi turnir g‘oliblari mezbonligida bo‘lib o‘tdi va minimal 2:1 hisobida maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi. 

“Bavariya” safida gollarni Robert Levandovski (33') va Erik Shupo-Moting (73') kiritgan bo‘lsa, “Latsio”ning yagona javob goliga Marko Parolo (82') mualliflik qildi 

"OptaJean" xabariga ko‘ra, Germaniya jamoasi Chempionlar ligasining chorak finalida 19-marta ishtirok etdi.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha myunxenliklar 18 marta turnirning 1/4 finaliga chiqqan "Barselona"dan oldinga o‘tib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Bavariya

Baholaganlar

314

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing