“Bavariya” hamon murabbiy topolmayapti

Sport

image

Germaniyalik mutaxassis Ralf Rangnik “Bavariya”ni boshqarishdan bosh tortdi va Avstriya terma jamoasi bilan hamkorlikni davom ettiradi. Bu haqda futbol jurnalisti Kristian Falk o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Dastlab Rangnik “Bavariya” bilan 2027 yilning yoziga qadar shartnoma imzolashi va klubning transfer siyosatiga ta’sir qilishi kutilgandi. Uning transferi uchun “Bavariya” Avstriya futbol assotsiatsiyasiga 3 million yevro to‘lamoqchi edi, biroq yakunda kelishuv amalga oshmadi. 

“Bavariya”ning amaldagi bosh murabbiyi Tomas Tuxel klubning Yevropa Chempionlar ligasidagi natijasidan qat’i nazar, mavsum yakunlanganidan keyin jamoani rasman tark etadi. 

Ma’lumot uchun, “Bavariya” bu mavsumda Bundesligada g‘alaba qozonish imkoniyatini yo‘qotib bo‘lgan. Leverkuzenning “Bayer” klubi tarixda ilk bor Germaniya chempioniga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Tomas Tuxel' Ral'f Rangnik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing