“Bavariya” hamon Fayzullayevni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida

Sport

image

SSKA o‘zbekistonlik hujumchisi Abbosbek Fayzullayev hamon “Bavariya” klubi transferlari ro‘yxatida turibdi. Bu haqda “Championat” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, nemis skautlari Fayzullayevning o‘yinlarini doimiy kuzatib bormoqda. Bir necha bor “armiyachilar”ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan va o‘tgan mavsum Rossiya chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lgan Fayzullayevga myunxenliklar o‘tgan yili qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi va “Bavariya”ning o‘zbekistonlik futbolchi xizmatlaridan manfaatdorligi hamon aktual bo‘lib qolmoqda.

Fayzullayev 2023 yilning avgustidan buyon SSKA safida to‘p surmoqda. Joriy mavsumda u klub safida barcha turnirlar doirasida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi va Rossiya klubi o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” internet portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 8 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing