Basketbol yulduzi qamoqxonada vafot etdi

Sport

image

Amerikalik Eddi Jonson, 1980 yillar Milliy basketbol assotsiatsiyasi (MBA) yulduzi, Florida shtatidagi qamoqxonada umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan paytida vafot etdi. bu haqda TMZ xabar bermoqda.

65 yoshli sobiq basketbolchi 26 oktyabrda vafot etdi, ammo bir muncha vaqt qamoqxona ma’muriyati bu ma’lumotni ochiqlamadi. Ta’kidlanishicha, Jonson kasallik tufayli olamdan o‘tgan.

Jonson 2008 yilda hibsga olingan va sakkiz yoshli qizchani zo‘rlashda ayblangan. Xuddi shu yili u aybdor deb topilib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Ma’lumot o‘rnida, Jonson MBAdagi o‘yinlari bilan tanilgan. U 1980 va 1981 yillarda Ligadagi barcha yulduzlar o‘yinida ikki marta o‘ynagan. Biroq Jonson intizom va giyohvand moddalarni iste’mol qilish muammolari tufayli 1987 yilda MBA tarkibidan chetlatildi. Amerikalik qonun bilan ko‘p marta muammolarga duch kelgan. U turli sabablarga ko‘ra 100 dan ortiq hibsga olingan. Ular orasida giyohvand moddalarni saqlash va politsiya xodimiga hujum ham kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Eddi Jonson basketbol

Baholaganlar

239

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made