Barselonaning texnik homiysi o‘zgarishi mumkin
Sport
−
14 mart
2392“Barselona” texnik homiysini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ayni damda kataloniyaliklar Amerikaning Nike brendi bilan kelishuvga ega, biroq nemis kompaniyasi Puma “ko‘k-anorranglilar”ga 100 million yevrolik shartnoma taklif qilmoqda.
Hozirda ispan klubiga Amerika brendidan ko‘ra, nemis kompaniyasining taklifi foydaliroq ko‘rinmoqda. “Barselona” Nike'dan har mavsumda 85 million yevro oladi, klubga yana 25 million yevro esa bonus sifatida taqdim etiladi. Shu bilan birga, Amerika kompaniyasi muayyan maqsadlariga erisha olmaganligi uchun “Barselona”ga jarimalar tizimini taqdim etgan. Puma esa Kataloniya klubiga shartnoma imzolagandan keyingi bonusdan tashqari, yiliga 120 million yevro to‘lashga tayyor.
Qayd etilishicha, ayni damda “Barselona” rahbariyati Puma bilan hamkorlik qilish tarafdori, ammo Nike vakillaridan yakuniy, qayta ishlangan taklifni kutmoqda.