Barselona 1 asr ichidagi eng issiq oyni boshidan o‘tkazdi
Olam
−
03 iyul 4022 1 daqiqa
Ispaniyaning Barselona shahrida so‘nggi 100 yildagi eng issiq iyun oyi qayd etildi. Bu haqda Ispaniya meteorologiya instituti ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, shaharda 1914 yildan beri olib borilgan harorat kuzatuvlari asosida 2025 yilning iyun oyi eng issiq deb topilgan. Bu yil iyun oyidagi o‘rtacha harorat 26 darajani tashkil etgan. Ilgari eng issiq iyun 2003 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda o‘rtacha harorat 25,6 darajani tashkil qilgan edi.
Iyunning eng yuqori harorati esa 30 iyun kuni kuzatilgan – 37,9 daraja.
Yevropaning ko‘plab shaharlari jazirama issiq harorat ta’sirida bo‘lib turibdi. Italiya, Germaniya, Belgiya va Fransiya kuchli jaziramaga qarshi turli choralar ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, G‘arbiy Yevropada 28-29 iyun – dam olish kunlari issiq bo‘lib, ko‘plab shaharlarda kunduzi havo harorati 35 darajadan oshgandi. Ispaniyaning Portugaliya bilan chegaradosh El Granado shahrida 46 daraja qayd etilgandi.
Live
Barchasi