“Barselona” “Jirona”ning 5 futbolchisini kuzatib bormoqda
Sport
−
23 yanvar 2024 4662 1 daqiqa
Kataloniyaning “Barselona” klubi yozgi transfer oynasida o‘z tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Croni Caglobal” xabar berdi.
Klub sport direktori Deku “Jirona”ning besh futbolchisini bir vaqtning o‘zida kuzatib boryapti. Jamoaning ehtimoliy transferlari ro‘yxatidan Alesh Garsiya, Savio Moreyra, Yanxel Errera, shuningdek, ukrainalik tandem Viktor Sigankov i Artyom Dovbik o‘rin olgan.
“Barselona” ushbu futbolchilarning transfer narxini hozirda “Jirona”ga ijaraga berilgan Erik Garsiya va Pablo Torrelar hisobiga arzonlashtirishi mumkin.
Hozirda “Jirona” 52 ochko to‘plagan holda La Liga turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Kataloniyaliklar 2-o‘rindagi “Real”ni 1 ochkoga ortda qoldirmoqda, biroq “qaymoqranglilar” hisobida yana 1 ta o‘yin bor.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28