“Barselona” jiddiy yo‘qotishga uchradi
Sport
−
20 noyabr 2023
3683Ispaniya va Gruziya terma jamoalari o‘rtasidagi 2024 yilgi Yevropa chempionatiga saralash bosqichi “A” guruhi 10-tur uchrashuvida qizil furiya a’zosi Gavi jarohat olib, safdan chiqdi.
Gavi 26-daqiqada tizzasidan jiddiy jarohat olib, maydonni erta tark etishga majbur bo‘ldi. Dastlabki tibbiy ko‘rikdan so‘ng ma’lum bo‘lishicha, tizzadagi jarohat tufayli futbolchi olti oydan sakkiz oygacha maydonga tusha olmasligi mumkin.
Agar, Gavi haqiqatdan ham 8 oygacha maydonga tusha olmasa, u Parij-2024 Olimpiadasini va Yevro-2024 turnirini o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, Ispaniya-Gruziya o‘yini natijasiga ko‘ra, mezbonlar sakkizta o‘yinda 21 ochko jamg‘argan holda “A” guruhi turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda. Ispaniyaliklar Yevro-2024 final bosqichiga muddatidan avval yo‘llanmaga ega chiqqandi. Gruziya esa 8 ochko jamg‘arib, 4-o‘rinda bormoqda.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar