“Barselona” yozda “Milan” futbolchisini sotib olmoqchi
Sport
−
01 mart 2022
2006Italiyaning "Milan" klubi yarim himoyachisi Frank Kessining shartnomasi mavsum oxirida tugaydi va u erkin agentga aylanadi. Unga Kataloniyaning “Barselona” jamoasi jiddiy ravishda qiziqmoqda.
Kataloniya klubi ivuarlik futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirgan va unga yangi taklif bilan chiqqan. Bu haqda italiyalik insayder Janluka Di Marsio xabar bermoqda.
Taklif qilingan shartnomaga ko‘ra,"Barselona" Kessiga yiliga 6,5 million evro maosh to‘lashga tayyor. "Milan" klubi ham Frankka "Barselona" qarmoq tashlayotganidan allaqachon xabar topgan.
Ayni damda "Barselona" Frank Kessi faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan yagona joy sanaladi. Har holda boshqa jamoalarning 25 yoshli futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, kot-d'ivuarlik yarim himoyachi “Milan” safida barcha turnirlar doirasida, 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifiga aylangan. “Transfermarkt” portali Frankni 50 million yevro atrofida baholamoqda.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi