“Barselona” yozda ikki superyulduz transferini ko‘zlamoqda

Sport

image

O‘tgan yozda “Barselona” transfer bozorida faol bo‘lmagan, faqatgina “Leypsig”dan Dani Olmoni sotib olgan. Kataloniyaliklar boshqa futbolchilar bilan kelishuvga erisha olishmadi. Biroq, 2025 yil yozi “Barsa” uchun juda qaynoq transferlarga boy bo‘lishi mumkin. Yozda klub biror mashhur futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda “Diario Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Kamp Nou”ni rekonstruksiya qilish ishlari to‘liq yakunlanishi sharafiga “Barselona” prezidenti Joan Laporta jamoa uchun haqiqiy superyulduz sotib olmoqchi.

“Barselona” uchun asosiy nomzod – “Manchester Siti”ning super to‘purari Erling Xoland. Klub rahbariyatiga ko‘ra, agar “Man Siti” moliyaviy adolatli o‘yin qoidalarini 115 marta buzgani uchun jiddiy jazolansa, Kataloniya klubi Xolandni o‘z safiga qo‘shilishga ko‘ndira oladi.

Ikkinchi variant - “Al-Hilol” hujumchisi Neymarning “Barselona”ga qaytishi. Braziliyalik futbolchi bu mavsumda jarohati tufayli hali maydonga tushmadi.

Qayd etish joiz, Erling Xoland “Manchester Siti” bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor, biroq klub uning shartnomasiga 100 million yevrolik tovon puli bandini kiritmoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Neymar Erling Xoland

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made