“Barselona” yetakchisi faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin
Sport
−
06 Oktabr 2025 2217 1 daqiqa
“Barselona” va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda “TEAMtalk” nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Angliya Premer-ligasining uch klubi – “Manchester Yunayted”, “Tottenxem” va “Nyukasl” – “ko‘k-anorranglilar” darvozaboni bilan keyinchalik sotib olish imkoniyati bilan ijara shartnomasini imzolashga qiziqish bildirmoqda.
Kataloniya klubi rahbariyati esa 33 yoshli darvozabonni sotish niyatida. Sababi, jamoaning yangi ispaniyalik darvozaboni Joan Garsiya La Liganing yangi mavsumi startida o‘zini ishonchli tarzda namoyon etdi. 24 yoshli Garsiya oltita o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta to‘p o‘tkazib yubordi va 3 ta bahsda darvoza daxlsizligini saqlab qoldi.
Ma’lumot uchun, Ter Shtegen 2014 yilning yozida “Barselona” safiga kelib qo‘shilgan edi. Posbon Kataloniya klubi safida 422 ta o‘yin o‘tkazib, jamoa bilan 6 marta Ispaniya chempionati va mamlakat kubogida hamda 2014-2015 yilgi mavsumda Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.
Jahongir Inomjonov
Live
Barchasi