“Barselona” yarim himoyachisi Pedri uchun mavsum yakunlandi
Sport
−
15 aprel 2022
5359“Barselona”ning 19 yoshli futbolchisi Pedri Frankfurtning “Ayntraxt” klubiga (2-3) qarshi Yevropa ligasi chorak final javob o‘yinida tizzasidagi noqulaylik tufayli ikkinchi bo‘lim boshlanishidan oldin almashtirilgan edi.
Ushbu jarohat tufayli yarim himoyachi bir yarim oyni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Bu degani shu tariqa u mavsum oxirigacha boshqa maydonga tushmaydi. Bu haqda “Diario Sport” nashri xabar berdi.
Kataloniya klubining shifokorlari Pedriga chap oyog‘ining ikki asosiy suyagi yirtilgani to‘g‘risida tashxisi qo‘ydi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Pedri “Barselona” safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. 19 yoshli futbolchining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi