“Barselona” uch nafar markaziy himoyachini kuzatmoqda

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi hozirda uch nafar markaziy himoyachiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Sport.es” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar chap oyoqda o‘ynaydigan futbolchilarni ham kuzatib bormoqda. Kataloniyaliklar uchun eng ko‘zga ko‘ringan nomzod – “Atletik Bilbao” himoyachisi Aymerik Laport. U 2026 yilgi Jahon chempionatida Pau Kubarsi bilan Ispaniya terma jamoasining markaziy himoyasida harakat qilgan.

“Barselona” klubi shuningdek, “Leypsig” himoyachisi Kastello Lyukebani ham kuzatmoqda. Uning shartnomasida 80 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan, ammo “Leypsig” 23 yoshli futbolchini arzonroq narxga sotishi mumkin.

Shuningdek “Barselona” “Betis” himoyachisi Natanga ham qiziqmoqda. Uning tovon puli ham 80 million yevroni tashkil etadi, biroq sevilyaliklar futbolchini arzonroq narxga qo‘yib yuborishga tayyor. Natanning agenti avvalroq “Barselona” tomonidan futbolchiga qiziqish borligini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing