“Barselona” Ter Shtegenga yangi shartnoma taklif qilmoqchi 

Sport 997
image

Kataloniyaning "Barselona" klubi darvozabon Ter Shtegen bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Shu yilning so‘ngiga qadar klub rahbariyati Ter Shtegenga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Darvozabonning "Barselona" jamoasi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyun oyida yakuniga yetadi.

Ma’lumot o‘rnida, klub prezidenti Jozep Martomeu eng avvalo jamoa sardori Lionel Messi bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasida bosh qotirmoqda. Eslatib o‘tamiz, Ter Shtegen "Barselona" klubiga 2014 yili "Borussiya M" jamoasidan ko‘chib o‘tgan. Ter Shtegen shu kunga qadar kataloniyaliklar tarkibida 133 uchrashuvda maydonga tushgan.

Jahongir Sotvoldiyev

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 11
Reyting: 3.1
t
×