“Barselona” so‘nggi 14 oyda to‘rt marta yevrokuboklardan chiqib ketdi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi so‘nggi 14 oy ichida to‘rtinchi marta yevrokuboklarni tark etdi. Bu haqda “Barsa Universal” xabar berdi.

23 fevral kuni “Barselona” Yevropa Ligasi 1/16 finalida “Manchester Yunayted”ga imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini yakunladi. 

O‘tgan mavsumda “Barselona” Yevopa Chempionlar ligasi guruh bosqichini 3-o‘rinda yakunlab, musobaqani tark etgandi. Keyinchalik Yevropa ligasida o‘yin o‘tkazgan jamoa musobaqaning chorak finalida o‘z yurishini to‘xtatdi.

Eslatib o‘tamiz, Xavi “Barselona”ni 2021 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Mutaxassis va klub o‘rtasidagi shartnoma 2024 yilgacha mo‘ljallangan. Ayni damda “Barselona” 59 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilyapti. Klub eng yaqin ta’qibchisi “Real Madrid”ni 8 ochkoga ortda qoldirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona evrokubok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing