“Barselona” sobiq futbolchisi: “Levandovskiga “Oltin to‘p” berilmasa, bu – katta adolatsizlik”

Sport

image

Shu oyning oxirida, aniqrog‘i 25 noyabr kuni Parij shahrida yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan nufuzli sovrin – “Oltin to‘p” topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Garchi, “Bavariya” futbolchisi Robert Levandovski o‘tgan mavsumni juda ajoyib tarzda o‘tkazgan bo‘lsa-da, koronavirus pandemiyasi tufayli ushbu mukofotga ega chiqa olmagandi. 

2021 yilda “Bavariya” hujumchisi gol urish bo‘yicha o‘tgan yilgidan ham samaraliroq o‘tkazmoqda va “Oltin to‘p” mukofoti asosiy nomzodiga aylandi. 

1960 yilgi “Oltin to‘p” sohibi Luis Suares Miramontes Levandovskiga ushbu mukofot berilmasa, katta adolatsizlik bo‘lishi haqida gapirdi.

“Oltin to‘p”ni Levandovskiga beringlar! Agar, Robert ushbu mavsumda ham sovringa ega chiqmasa, men unga o‘zimnikini beraman!”, degan “Barselona”ning sobiq futbolchisi “Carrusel Deportivo” nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsum polshalik hujumchi Germaniya Bundesligasida 40 ta gol urib, Gerd Myullerning tarixiy rekordini yangiladi.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing