“Barselona” salbiy natijalarni qayd etdi

Sport

image

“Barselona” Ispaniya kubogi doirasida “Real”ga qarshi o‘yindan keyin birinchi marta 4 ta gol o‘tkazib yubordi. Xavi shogirdlari La Liganing 16-turida o‘z maydonida “Jirona”ga mag‘lub bo‘ldi (2:4).

2023 yil 5 aprel kuni Ispaniya kubogining ikkinchi yarim finalida “Barselona” o‘z maydonida “Real”ga (0:4) mag‘lub bo‘lgandi.

Shuningdek, kataloniyaliklar o‘z tarixidagi 1 marta “Jirona”ga qarshi bahsda mag‘lubiyatga uchradi. Shu vaqtga qadar o‘tkazilgan o‘yinlarning 4 tasida “ko‘k-anorranglilar” g‘alabaga erishgandi, 2 ta bahsda esa durang qayd etilgan. 

O‘tgan 20 yil davomida o‘z uyida La Ligada kataloniyaliklar 4 marta 4 ta gol o‘tkazib yuborgan – 2018 yilda “Betis” (3:4), 2003 yilda “Deportivo” (2:4) va “Valensiya” (2:4).


Maqola muallifi

Teglar

Barselona La Liga Ispaniya kubogi Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing